Huawei 1
Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

Samarqand shahrida korxona 3 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar berdi

Qayd etilishicha, “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyati Samarqand shahrida “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz ta’minoti bo‘limi va O‘zenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Shaharning Farhod qo‘rg‘onida joylashgan “G.F.E.” MJCHga qarashli korxonada iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan ulanib, gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 3 milliard 84 million so‘mlik zarar hisoblandi. Mazkur noqonuniy holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53023 | Инструменты