Huawei 1
Samarqanddagi qabristondan topilgan qadimiy 2 ta daxma hamda 1 ta qabrtosh o‘rganildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Pastdarg‘omdagi madaniy meros obyektlari asrab-avaylanadimi?” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tarqalgan xabar yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatiga asosan, Qayrag‘och qishlog‘ida joylashgan “Ko‘ktosh” qabristoni hududidan topilgan qadimiy 2 ta daxma hamda 1 ta qabrtosh ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

“Ko‘ktosh” qabristoni hududidan topilgan qadimiy daxma hamda qabrtoshlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Milliy ro‘yxatida qayd etilmagan.

O‘rganishlar davomida topilgan noyob toshlar o‘rta asrlarga oid ekanligi aniqlandi. Ushbu topilmalarni tarixiy ahamiyatini aniqlash maqsadida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Pastdarg‘om tumani hokimligining 2024-yil 11-sentabrdagi 26-2712-sonli xatiga asosan, 2 ta qadimiy daxma hamda 1 ta qabrtoshni Milliy ro‘yxatga kiritish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, davlat muhofazasiga olish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92000 | Инструменты