Soliq tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Samarqand viloyatining Samarqand, Urgut, Toyloq va Pastdarg‘om tumanlari soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi:
— Sharipov Shuxrat Shavkatovich Samarqand tumani soliq inspeksiyasi;
— Qurbonov Sardor Xusanovich Urgut tumani soliq inspeksiyasi;
— Nizomov Firdavs Raxmatovich Pastdarg‘om tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Avvalroq, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi soliq rahbarlari o‘zgargandi.