Huawei 1
Samarqandga Xitoydan 2 ta avtobus va 40 ta mikroavtobus sovg‘a sifatida keltirildi

Joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan mezbon davlat – O‘zbekistonga Zhengzhou Yutong Group Co., Ltd. avtozavodida ishlab chiqilgan “Yutong” rusumli 2 ta avtobus va 40 ta mikroavtobus sovg‘a qilindi.

Viloyat transport boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga ko'ra, Xitoy hukumatining sovg‘asi sifatida “Yutong” zavodi vakillari tomonidan taqdim etilgan avtobuslarni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev  qabul qilib oldi.Tadbirda ikki davlat o‘rtasida barcha sohalarda mustahkamlanib borayotgan aloqalar xususida so‘z yurtilib, mazkur transport vositalari nufuzli sammitning yuksak saviyada o‘tkazilishiga yordam berishi ta’kidlandi.

Avvalroq, Toshkentga 10 dona yangi SAZ LE-60 rusumli avtobuslar olib kelingani haqda xabar qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62510 | Инструменты