Ushbu avtobuslar qaysi yo'nalishda harakatlana boshlagani ma'lum qilindi
Kecha, 23-avgust kuni Toshkentga 10 dona yangi SAZ LE-60 rusumli avtobuslar olib kelindi.
Avtobuslarning 9 donasi joriy yilning 24-avgust kunidan boshlab, "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi 49-sonli "TTZ ASHB - Aviasozlar ASHB" avtobus yo‘nalishida harakatlana boshladi.
Mazkur yo'nalishning jadvallar soni ish kunlariga 9(+2) ta, Shanba kunlariga: 7(+1) ta, Yakshanba kunlariga 6(+1) ta etib belgilandi.
Eslatib o'tamiz bundan oldin, Toshkentda 4 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62516 | Инструменты