Huawei 1
Samarqandning 2 tumanida jami 8 ta ratsiyadan noqonuniy foydalanishning oldi olindi

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Samarqand viloyat hududiy shuʼbasi hamda viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan Bulung‘ur va Jomboy tumanlari hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu tumanlarda joylashgan umumiy ovqatlanish manzillarida “Baofeng BF999-S” rusumli 6 dona hamda “Baofeng BF-M4” rusumli 2 dona jami 8 dona radioelektron vositalardan (ratsiya) noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, umumiy ovqatlanish manzillari rahbarlariga tegishli tushuntirishlar berilgan. 

Fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan radioelektron vositalarni qo‘llash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgan. 

Shuningdek, ushbu qurilmalardan qayta foydalangan taqdirda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 152-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты