Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish maqsadida "Sangardak" turistik markazi barpo etilmoqda. Umumiy qiymati 913,3 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu loyiha 615 gektar maydonni qamrab oladi.
Markazda:
21 ta restoran, kafe va barlar;
296 ta savdo nuqtasi;
Mehmonxonalar 4 ta 3 yulduzli, 2 ta 5 yulduzli;
10 ta mehmon uylari;
Sanatoriy, madaniy hordiq maskani;
1,6 km dor yo‘li, "zip layn" va piknik hududlari quriladi.
Qurilish ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. Dor yo‘lining boshlanish nuqtasi, tirgaklarni betonlash ishlari yakunlangan.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov "Sangardak" turizm majmuasi va "Nilu" mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish loyihalari ijrosi bilan tanishdi. Loyihalar xalqaro talablar asosida, sifatli va samarali amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Turizm markazi va turizm qishlog‘i tashkil etish loyihalarini amalga oshirish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61106 | Инструменты