Huawei 1
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik migrant odamlarni yong‘indan qutqarib qoldi

25-aprel kuni erta tongda Sankt-Peterburgda joylashgan Podolskaya ko‘chasidagi tarixiy uy yonib ketdi. Yong‘inga birinchi bo‘lib ko‘cha tozalovchi Olim yetib borgan

"Ertalab soat 6 da ishga keldim. To‘satdan derazadan olov chiqayotganini ko‘rib qoldim va darhol o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildim. Olov kuchaygani sari, odamlar derazadan tashqariga chiqa boshladi. Ayollar qichqirib, derazadan sakramoqchi bo‘ldi. Men ularga "Sakramanglar, ular sizni hozir qutqaradilar", dedim. O‘t o‘chiruvchilar allaqachon zinapoyani ochgan edi", deb eslaydi o‘zbekistonlik migrant.

Ammo odamlar qo‘rquvdan uchinchi qavatdan sakrashga tayyor bo‘lgan. Shu lahzada Olim akrobat kabi drenaj trubasiga ko‘tarilgan. 

Olim mohirona harakatlari bilan uchinchi qavatga ko‘tarilib olgan va ayollarga derazadan chiqib, karnizda turib olishga yordam bergan. Keyin o‘t o‘chiruvchilar kelib, narvonni o‘rnatgan. Olim ayollarni pastga tushirishga yordam bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga