Sayyohlarga tezkor yordam ko‘rsatuvchi Call-markaz ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi Call-markazi o‘z ish faoliyatini boshladi. Unga “1173” qisqa raqam orqali murojaat qilish mumkin.

Call-markazning asosiy vazifasi sayyohlarning murojaatlarini telefon orqali qabul qilish va ichki ishlar organlari vakolatlari doirasida ularga tezkorlik bilan zaruriy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. 

Call-markaz zamonaviy axborot-kommunkatsion texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari IIBlari xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari navbatchilik qismlari bilan bog‘langan.

Ko‘rsatilgan raqamga respublikaning barcha hududlaridan qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Call-markazning o‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladigan malakali mutaxassislari dam olish kunlarisiz tunu-kun faoliyat ko‘rsatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40513 | Инструменты