Huawei 1
Sitorai Mohi Xossa tarixiy majmuasiga 28 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan

Bugun, 3-fevral kuni Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Muhokama davomida, Senat tomonidan Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida olib borilgan o‘rganishlar mobaynida moddiy madaniy meros obyektlariga juda katta miqdorda zarar yetkazish holatlari aniqlanganligi, davlat muhofazasiga olingan ayrim arxeologik obyektlar yo‘q bo‘lib ketganligini ham ta’kidlandi.

Ayrim hollarda Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga madaniy meros obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar restavratsiya qilish talablariga zid ravishda olib borilib, ularning tarixiy va badiiy qimmatiga ko‘p mikdorda zarar yetkazilmoqda.

Jumladan, Buxorodagi XX asr boshida qurilgan Sitorai Mohi Xossa tarixiy majmuasida olib borilgan restavratsiya ishlari ahvoli o‘rganilganida majmuada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani oqibatida uning badiiy bezaklari, naqshlari, koshinlari nobud qilinib, tarixiy va badiiy qiymatiga jami 28 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat bu turdagi huquqbuzarliklarni fosh etish va oldini olish bo‘yicha maxsus bilim va tajriba, shuningdek zamonaviy yondashuv talab etilishini, tergov jarayonlari malakali tergovchilar tomonidan olib borilishi lozimligini ko‘rsatmoqda.

Mavjud muammolarning qonuniy yechimini belgilash maqsadida “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqilgan.

Qonun bilan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, bunday toifadagi obyektlarga juda ko‘p mikdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va taqdimnomalarini belgilangan muddatda va to‘liq bajarilmaganligi yuzasidan javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61216 | Инструменты