SES: NIPAH virusi O'zbekistonda qayd etilmagan. Epidemiologik vaziyat barqaror

NIPAH virusi zoonoz kasallik bo‘lib hayvonlardan insonga yuqadi masalan, ko‘rshapalaklardan. Shuningdek, zararlangan oziq-ovqat orqali va odamdan odamga yuqishi ham mumkin.

Nipah virusi – bosh miya yallig‘lanishi yoki nafas yo‘llari kasalliklari bilan kechadigan jiddiy kasallikni keltirib chiqaradigan virus turi hisoblanadi.

So‘nggi yillarda NIPAH virusi epidemiyalari muntazam ravishda Hindistonda kuzatilmoqda, shu bilan birga inson kasalligi holatlari Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham ro‘yxatga olinadi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, NIPAH virusi O'zbekistonda qayd etilmagan. Epidemiologik vaziyat barqaror!

Ushbu kasallikni mamlakatimizga kirib kelish ehtimol juda past bo‘lsada Hindistonga borishga chog‘langan yurtdoshlarimizga mazkur virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatib o‘tamiz:

- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya eting;

- qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish;

- antiseptik vositalardan foydalanish;

- mevalar va sabzavotlarni iste’mol qilishdan avval yuvish;

- tekshirilmagan suvni ichmaslik.

- asosiysi ko‘rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste'mol qilmang.

Agar yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i, qo‘ng‘iroq yoki boshqa kasallik belgilari paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni barqaror ushlash hamda chetdan kirib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olish maqsadida 54 ta chegara punktlarida doimiy nazorat olib borilmoqda

Har qanday kasallikning oldini olishda belgilangan qoida va tavsiyalarga amal qilish muhim hisoblanishini unutmang.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12620 | Инструменты