Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda bu ko‘rsatkichlar qoniqarli emasligi, uni yanada oshirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, investor va tadbirkorlarni jalb etishni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Unda kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bu sohadagi faoliyatini tanqid qilib, ularda tashabbuskorlik yetishmasligi,erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalaridagimavjud kamchiliklarni bartaraf etish, investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Avvalo, ushbu zonalar faoliyatini rivojlantirishga doir me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, bugungi zamon talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini soddalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 ta vazirlik va idoradan iborat edi. Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq ularning soni 4 ta etib belgilandi.

Shuningdek, iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqiladi, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarini kreditlash sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Shu jihatdan, yig‘ilish davomida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida joylashgan korxonalarni barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81500 | Инструменты