Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mersni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi federal kansleri Fridrix Mersni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda bugun, 7 may kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z maktubida kansler rahbarligidagi hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidagi an’anaviy va vaqt sinovlaridan o‘tgan hamda muhim hamkor bo‘lgan Germaniya bilan ko‘p qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishi ta’kidlangan.

"Siz bilan birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa ustuvor sohalardagi sherikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilishiga aminman", deyiladi Prezident maktubida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60704 | Инструменты