Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev iqtisodchi Behzod Hoshimovga iqtisodiyot va moliya vaziriga maslahatchi boʻlishni taklif qildi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrif doirasida 19-sentabr kuni Qoʻshma Shtatlarda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlar hamda ushbu mamlakatning yetakchi oliy taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda davlat rahbari iqtisodchi Behzod Hoshimovga Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi boʻlishga taklif qildi.

Behzod Hoshimov prezidentga oʻzining qator takliflarini bildirdi. Jumladan:

“Birinchisi, biz buni ”huquqiy muhit“ deb ataymiz adabiyotda. Bu degani ”oʻyin qoidalari“, yaʼni, adolatli, shaffof, hammaga teng boʻlgan davlat, jamiyat va tadbirkorlar orasidagi munosabatlar.

Ikkinchisi, savdo zanjirlariga qoʻshilish. Demak savdo qilishimiz kerak.Men siz boshida ”Jahon savdo tashkiloti bilan uchrashyapmiz“, deganingizda juda xursand boʻldim.

Uchinchisi, moliya va kapital bozorlar.

Toʻrtinchisi, infratuzilma, yaʼni, suv, svet, gaz kabi narsalar va bularda bozor tamoyillariga oʻtishimiz.

Beshinchisi, ilm va tadqiqotga investitsiya kiritish. Shu 5 ta tamoyillarda yordam berishga tayyorman”, — deydi Behzod Hoshimov.

Prezident undan aytilgan 5 ta fikrdan nechtasi Oʻzbekistonda borligi toʻgʻrisida soʻradi. Behzod Hoshimov har bir punkt boʻyicha progress mavjudligini aytdi.

“Men senga moliya vaziriga maslahatchi boʻlishni taklif qilaman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80311 | Инструменты