Huawei 1
Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-111-son, 16.08.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi:

ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, huquqiy normalarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat kuchga kirgandan so‘ng:

  • normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosini taʼminlash hamda baholash uchun statistik maʼlumotlarni yig‘ish maqsadida har yili masʼul davlat organi tomonidan monitoring olib boriladi;
  • normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida qonunosti hujjatlari har 3 yilda masʼul davlat organi tomonidan baholashdan o‘tkaziladi;
  • qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi va baholashdan o‘tkazilishiga masʼul bo‘lgan davlat organi ko‘rsatiladi;
  • qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat monitoringi va baholash natijalari majburiy ravishda Adliya vazirligiga taqdim etiladi hamda masʼul davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi;
  • qonunchilik hujjatlarining huquqiy monitoringi tartibga solish taʼsirini baholash doirasida o‘tkaziladi;
  • qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha kompleks reja har yili Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • kompleks reja ijrosi bo‘yicha Adliya vazirligi hisoboti Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga taqdim etib boriladi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123022 | Инструменты