Huawei 1
Putin Rossiya harbiy-dengiz kuchlarini 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi Harbiy-dengiz flotini 2050-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni tasdiqladi, deb xabar berdi "RIA Novosti". Prezident yordamchisi, Rossiya Federatsiyasi Dengiz kollegiyasi raisi Nikolay Patrushevning “Argumenti i fakti” nashriga ma’lum qilishicha, bunday hujjat zamonaviy tarixda birinchi marta qabul qilinmoqda.

Patrushevning aytishicha, Putin yangi strategiyani 30 may kuni tasdiqlagan. “Strategiya tayyorlash haqidagi qaror o‘tgan yilning iyul oyida Kremldagi yig‘ilishda qabul qilingan edi. Prezident topshirig‘iga binoan Mudofaa vazirligi loyiha tayyorladi, u keyinchalik federal idoralar va tashkilotlarning takliflari hisobga olingan holda Rossiya Federatsiyasi Dengiz kollegiyasi tomonidan takomillashtirildi”, — dedi u.

“Batafsil tafsilotlarga kirmagan holda shuni aytaman: strategik rejalashtirishga oid bunday hujjat zamonaviy tarixda ilk bor qabul qilinmoqda. Rossiyaning dunyodagi eng buyuk dengiz davlatlaridan biri sifatidagi o‘rni asta-sekin tiklanmoqda”, — dedi prezident yordamchisi.

Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat, “qurolli to‘qnashuvlar yuzaga kelishi ehtimoli va xarakteri variantlari, yetakchi dengiz davlatlarining salohiyati” tahlil qilingan, shuningdek, “Ukrainadagi urush tajribasi inobatga olingan holda Rossiya harbiy-dengiz flotining joriy holati va imkoniyatlariga baho berilgan”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60917 | Инструменты