Sherzod Shermatov: 15 mln fuqaro haqidagi ma’lumotlar sotilgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ma'lum qilishicha, 27-30-yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar bo‘lgan. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda aytilganiday 15 mln emas, 60 mingga yaqin fuqaroning ma’lumotlari tarqalgan.

Kiberhujumni bartaraf qilish maqsadida axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirishlarga chek qo‘yilgan, texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yanada kuchaytirilgan.

Shuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilib, shaxsiy ma'lumotlarni egasining roziligi asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yaratilgan.

Ta'kidlanishicha, “shaxsiy ma’lumot sizib chiqishi” degani – bu fuqaroning shaxsiy akkaunti buzilgan degani emas, bunda asosan fuqarolarning ism-sharifi, tug‘ilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi ma’lumotlardan biri qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin. Firibgar bu ma’lumotlarni qo‘lga kiritgani bilan, fuqaroning shaxsiy ishtirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oshirolmaydi. Shu sababdan ular turli usullar bilan qolgan ma’lumotlar to‘plamini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi xurujni amalga oshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21218 | Инструменты