Huawei 2
SIM-kartani eSIMga o‘zgartirish bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushdi

SIM-kartani eSIM texnologiyasiga o‘zgartirish xizmati ishga tushdi.

Endilikda “Uztelecom” mobil tarmog‘idagi SIM-kartani eSIMga almashtirish uchun Yagona portal orqali onlayn ariza jo‘natish mumkin.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Xizmat narxi — 20 ming so‘m.

Buning uchun portaldan “Uztelecom mobil aloqa tarmog‘ida SIM kartani eSIM texnologiyasiga o‘zgartirish” xizmati tanlanadi.

“Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosilgach, eSIM texnologiyasiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mobil telefon raqamni yozib, tasdiqlash kerak.

Undan keyin to‘lovni amalga oshirishga rozilikni belgilab, arizani yuborish mumkin. Murojaatlar bir ish kuni davomida “Uztelecom” aloqa operatori tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Agar ko‘rsatilgan raqam balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, mobil raqam eSIM texnologiyasiga o‘zgartiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga