Huawei 1
2-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev: Jahon iqtisodiyotining o‘sish surʼatlari so‘nggi uch yil davomida pasaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Prezident bugungi anjuman global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanish yo‘lida xavf va tahdidlar kuchayib borayotgan davrga to‘g‘ri kelayotganini qayd etdi.

Turkmaniston O‘zbekistonni Tojikistonning issiqxona pomidori bozoridan siqib chiqarmoqda — EastFruit

Tojikiston ulgurji bozorlarida Turkmanistondan import qilinadigan issiqxona pomidorining mutlaq ustunligi sezilyapti. Bu haqda EastFruit tahlilchilari maʼlum qildi.

Gulruhbegim Tohirjonova shaxmat bo‘yicha Xalqaro sport ustasi unvonini qo‘lga kiritdi

Hozirda AQSH terma jamoasi safida dona surayotgan shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova o‘zbekistonlik birinchi xalqaro sport ustasi maqomini qo‘lga kiritgan shaxmatchi ayol bo‘ldi.

Endi bola puli va moddiy yordam tayinlash onlayn ariza orqali amalga oshiriladi

Ushbu qulaylikdan oilasida 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

Toshkentda saqlanadigan Usmon mus’hafi qadimiy qo‘lyozmasi konservatsiya qilinadi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Toshkentda YUNESKO tomonidan “Jahon Xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan Usmon mus’hafi (Toshkent Qur’oni) qadimiy qo‘lyozmasini konservatsiya va restavratsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 32,2% MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi

O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-fevral oylari yakunlari bo‘yicha 4,4%ga o‘sib, $5,1 mlrd tashkil etdi.

YETTB bilan O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi

“Xorijiy sarmoyalar oqimi bir necha barobar ortishi, korporativ boshqaruv sifati oshishi, yangi yetakchi bank-moliya institutlari kirib kelishini kutib qolamiz”, - dedi Prezident.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Yevropaga “yashil” energiya sotmoqchi

Maqsad uch davlat energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning asosiy shartlarini belgilab olishdir.

Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi

Pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 180 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.

O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 63,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 25,1 mln nafarga ko‘p.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga