Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev hududida ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Videoselektorda endilikda investitsiya bo‘yicha yangi nazorat tizimi bo‘lishi belgilandi.
Bunda Bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investitsiya bo‘yicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investitsiya bilan shug‘ullanadi.
Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, Akmal Mahmudaliyev 2022 yil noyabrida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. 2023 yil aprelda u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan. Bundan oldin u Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11621 | Инструменты