Huawei 1
Sirdaryoda 17 yoshli o‘quvchi qiz bedarak yo‘qoldi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 17 yashar o‘quvchi qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Xovos tumani, “Binokor” mahallasidagi uylarning birida yashagan 2006 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi Manzura Hakimova 2023 yil 24 iyul kuni uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.
Ushbu fuqaroni topishda ko‘maklashgan fuqarolar 5 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

Alohida belgilari: bo‘yi 160-165 sm, sochi uzun, ko‘zlari qora yumaloq, labi, burni va quloqlari o‘rtacha kattalikda, yuzi cho‘zinchoq, bug‘doyrang. Egnida oq rangli ayollar ko‘ylagi bor, oyog‘ida ko‘k rangli tapochka bo‘lgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘ralgan: 102, 91-807-77-37, 97-331-74-18, 67-225-55-52..

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82800 | Инструменты