Shu sababli hududda qora mollarga karantin e'lon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani “Zomin” mahallasi Xavotogʻ aholi yashash punktida yashovchi fuqarolar oʻrtasida A.22.0 (Sibir yarasi, xalq tilida kuydirgi) kasalligi qayd qilingani haqida xabar tarqaldi.
Shu sababli ushbu kasallikning keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida “Zomin” mahallasi Xavotogʻ aholi yashash punktida hududida 2022-yilning 8-iyuldan 2022-yil 18-iyulga qadar — karantin eʼlon qilingani aytilgan. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.
Bayonotda keltirilishicha, haqiqatdan ham xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi (MKV-10) boʻyicha A-22 kasalligi bilan Sardoba tuman “Zomin” mahallasi Xovotogʻ aholi yashash punktida yashovchi fuqaro B.A.da aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, mazkur xastalik odamdan odamga yuqmaydi. Faqat shu kasallik bilan kasallangan yirik va mayda shoxli qoramollarni soʻyish jarayonida odamga yuqadi.
Hozirda Sardoba tuman “Zomin” mahallasi hududidagi barcha yirik va mayda shoxli mollar kasallikga qarshi veterinariya xodimlari tomonidan emlash ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagi kasallikda karantin faqatgina yirik va mayda shoxli qora mollarga tadbiq qilinadi.
Hozirda epidemiologik vaziyat barqaror xavotirga o‘rin yo‘q, deya ta'kidlamoqda boshqarma.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121708 | Инструменты