Huawei 1
Sirdaryoda ishdan bo‘shatilgan erkak alam ustida korxonaning 673 mln so‘mlik somonini yoqib yubordi

Sirdaryo viloyatida fuqaro o‘zi avval ishlagan korxonaga qasddan zarar yetkazish maqsadida o't qo'ydi. Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudi 52 yoshli elektr montyori tomonidan sodir etilgan ishni ko‘rib chiqdi.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi Sardoba tumanidagi MCHJning hindistonlik rahbari bilan ish yuzasidan tortishib qolgan, o‘z navbatida rahbar uni qayta ishxonaga kiritmaslik bo‘yicha qorovullarga ko‘rsatma bergan.

Ertasi kuni ishxonaga kelganida binoga kiritilmagan erkak shu hududdagi somon g‘aramiga o‘t qo‘yib, u katta olovga aylangach, qochib ketgan.

Sudyaning aytishicha, bu vaqtda ishchi mast bo‘lgan. U korxona rahbariyatiga qo‘ng‘iroq qilib, noqonuniy ravishda bo‘shatilganini ro‘kach qilgan holda 673 million so‘mlik somon g‘aramini yoqib yuborgan.

Biroq fuqaro bu ishni o'z xohishi bilan qilmagani, g'aram ustida sigareta chekayotgan vatida behosdan kulib tushib ketganini aytib, sud zalidagilarni ishontirishga harakat qilgan. Ammo uning bu bohonasiga mahalla raisi, uchastka noziri va boshqalar guvoh sifatida ko'rsatma berishdi. Sudlanuvchining qilmishi kameraga muhrlanib qolganidan so'nggina u o'z aybiga irqoq bo'ldi. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72401 | Инструменты