Huawei 1
Sirdaryoda xizmat safari vaqtida halok bo‘lgan erkakning oilasiga 75 mln so‘m undirib berildi

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida xizmat safarida halok bo‘lgan erkakning oilasiga 75 million so‘m undirib berildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Azizbek Karimov 3 yil davomida “Malik Muslim Mega Stroy” qurilish korxonasida haydovchi bo‘lib ishlab kelgan. U 2024-yilning 10-may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida xizmat safarida bo‘lgan vaqtida avtohalokatga uchrab, 42 yoshida hayotdan ko‘z yumgan. 

Shundan so‘ng Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ko‘magida uning oila-a’zolariga 75 million so‘m undirib berildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko‘ra, agar xodim xizmat vaqtida baxtsiz hodisa (masalan, ish joyida yoki ish bilan bog‘liq vaziyatda) natijasida vafot etsa, uning oila a’zolariga bir qator yordamlar ko‘rsatiladi.

Avvalroq Toshkent viloyatida ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berilgani xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21602 | Инструменты