Huawei 2
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qilgani sababli sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab o‘quvchilari dars paytida nimani ko‘rib o‘tirishibdi?" sarlavhasi ostida video tarqaldi. 

Mazkur holat bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida videolavhadagi holat Sardoba tumanidagi 5-umumta’lim maktabida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirib, ushbu holat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ygani uchun sinf rahbari, maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Kelgusida bu kabi salbiy holatlarning takrorlanishini oldini olish maqsadida viloyatdagi mavjud barcha umumta’lim maktablarida "Maktab, ota-ona, mahalla" hamkorligini yana-da kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga