Huawei 1
Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 485 mingdan oshdi

2024-yil 1-sentabr holatiga soliq organlarida 485 381 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 339,6 ming ijara shartnomasi asosida 354 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16,8% va hisoblangan daromad solig‘i summasi 20,5 %ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 145,7 ming ijara shartnomasi asosida 162,5 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 18,2 % va hisoblangan soliq summasi 21,9 %ga oshgan.

Talabalar bilan 71,6 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 108 782 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 47,1 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92515 | Инструменты