Huawei 1
Xorazmdagi banklarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazm viloyati Hamkor bank biznes markazining tom qismida yong‘in sodir bo‘lganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati FVB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 25 sentyabr kuni soat 11:05 da Xorazm viloyati, Urganch shahar, “Navbahor” MFY, Tinchlik ko‘chasida joylashgan banklarning birining binosining ijaraga berilgan yuqori qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga yong‘in-qutqaruvchilar soat 11:10 da yetib borib, yong‘in soat 11:30 da o‘rab olingan va soat 12:22 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida bino tom qismining tahminan 30 kv.m maydoni yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92517 | Инструменты