Huawei 1
Soliq qo‘mitasi “to‘lovlar”ni jo‘natishdagi muammolarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda to'lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar yuzaga kelayotganligi  haqida xabarlar tarqaldi.

Soliq qo'mitasi holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning sentabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanishga o'tgan va bu haqda Soliq qo'mitasini xabardor qilmagan.

Bank dasturchilari yangi tizimga o'zgartirishlar kiritayotgani sababli, ba'zi to'lov topshiriqnomalari bajarilmagan.

Masalan, shu oy boshidan Tenge bank 2 439 ta topshiriqnomadan 413 tasini va Kapitalbank 4 287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan.

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va buning uchun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92004 | Инструменты