Sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholanadi
Sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, Sudyalar oliy kengashi (Kengash) va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash borasida:
- ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo'yicha imtihon jarayonlari Internet tarmog'i (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borish yo'lga qo'yiladi;
- sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo'yicha kasbga munosibligini baholashga ko'maklashuvchi elektron dastur (“psixologik test”) ishlab chiqiladi;
- sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta'minlaydigan aniq mezonlar amaliyotga (reyting dasturi) tatbiq etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70210 | Инструменты