"Super-kontrakt" da o‘qishni istagan abituriyentlarga to'lov muddati 20-noyabrgacha etib belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.  

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi telegram-kanalida ma'lum qilindi. 

Ma'lum qilinishicha, abituriyent t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki o'zi o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi.

Bunda to‘lovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka tavsiya etish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.

Izohlar: 6
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40511 | Инструменты