Huawei 1
Surxondaryo Kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Odil Yoqubov Surxondaryo Kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Odil Yoqubov Almahammadovich Surxondaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Ushbu tayinlov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻiga asosan amalga oshirilgan.

Bunga qadar u Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosar lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80212 | Инструменты