Surxondaryo tog‘ va adirliklariga sel keldi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tog‘ va adirliklariga sel keldi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11-iyun soat 12:50 larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘ir natijasida sel kelgan. Kelgan sel “Xonjiza” MFY Xojiasmin qishlog‘iga olib chiquvchi ichki yo‘lning ma’lum qismiga tosh va shag‘al uyumlarini chiqarib tashlagani aniqlangan. 

Sariosiyoda yog‘ingarchilik miqdori 5.00 mm bo‘lgan. Hozircha hech qanday talafot kuzatilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21500 | Инструменты