Huawei 1
Surxondaryoda 400 dollar pora bilan ushlangan maktab direktori 4 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida pora bilan ushlangan 5-maktab direktoriga hukm o‘qildi

Qayd etilishicha, 46 yoshli fuqaro mazkur lavozimda 2022 yildan buyon ishlab kelgan. U 2025 yil boshlarida rus tili o‘qituvchisiga yangi xodim kelgani sababli uning dars soatlarini qisqartirmoqchi ekani aytgan. Bu ishni qilmaslik uchun esa o‘qituvchidan 400 dollar so‘ragan. Qolaversa, direktor unga bu gaplarni turmush o‘rtog‘i va qarindoshlariga aytmaslikni uqtirgan.

Shundan so‘ng pedagog tegishli idoralarga murojaat qilgan. 1 fevral kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Surxondaryo viloyati IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 400 dollar hisobida 5 mln 200 ming so‘m olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining 3 apreldagi hukmiga ko‘ra, maktab direktori Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 1-qismi bilan aybli deb topildi.

Unga 2 yil muddatga taʼlim tizimidagi mansabdorlik lavozimlarida ishlash cheklangan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50922 | Инструменты