Huawei 1
Surxondaryoda hokimlik yerlarini sotgan bank xodimi va "Bio Texno Eko" ishchisi ushlandi

Fuqaro B.M. Surxondaryo viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida, bank xodimi J.K. va "Bio Texno Eko" MCHJ ishchisi Sh.H. Termiz tumani "Parrandachilik" mahallasi hududidagi tuman hokimining 16.01.2012 yildagi qaroriga asosan, “Sh.T” xususiy korxonasiga yordamchi xo‘jalik uchun vaqtincha biriktirilgan hokimlik zaxirasidagi 5,5 gektar bo‘sh yerni 285 mln so‘mga sotishga kelishgani aniqlandi. 

Ular fuqaroga kelgusida mansabdor tanishlari orqali yer maydoniga oid hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Shuningdek, kelishilgan puldan 100 mln so‘mini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73019 | Инструменты