Huawei 2
Surxondaryoda ichimlik suvi yetib bormagan hududlarga maxsus mashinalarda suv yetkazib beriladi

Surxondaryo viloyatining ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan hududlaridagi aholisiga endilikda maxsus suv tashish mashinalari yordamida ichimlik suvi yetkazib beriladi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

O‘zbekistonda aholiga ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida Xitoy xalq respublikasidan maxsus suv tashish mashinalari olib kelindi.

Ma'lum qilinishicha, kompaniya tomonidan  Surxondaryo viloyatining ichimlik suvi yetib bormagan hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni vaqtinchalik ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 25 ta  "SHACMAN" rusumli maxsus avtomashinalarining tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev  va Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolovlar ishtirok etishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga