Huawei 1
Surxondaryoda o‘quvchi qiz 6-qavatdan tushib ketib, vafot etdi

29-oktyabr kuni soat 21:00 atrofida Surxondaryo viloyatining Denov tumanining "Buyuk Kelajak" mahallasida joylashgan 16 qavatli uyning 13-qavatida yashab kelgan oilaning 17 yoshli qizi 6-qavatdan tushib ketib, olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Mahalla raisining aytishicha, marhuma oilaning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgan. U maktabda ham yaxshi xulqli va aʼlo baholarga o‘qigan o‘quvchilar qatorida bo‘lgan.

"Voqea sodir bo‘lgan vaqtda profilaktika inspektori bilan mahalla binosida edik, shovqin eshitdik. Marhum oilaning to‘ng‘ich farzandi edi. Uni maktabda ham, mahallada ham hurmat qilishardi. Qizning oilasida ham janjal bo‘lmagan, namunali oila edi", – deydi mahalla raisi.

Voqea yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты