Huawei 1
Surxondaryoda o‘zining qizini kiyimlarini yechib, unga shilqimlik qilgan 50 yoshli ota qamaldi

2024 yil 12 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida, o‘z qizi va yana begona qizga shilqimlik qilgan erkakka jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud portalida maʼlumot keltirilgan.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi erkak mast holda o‘zining qizi S.R.ni kiyimlarini yechib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.

Bundan tashqari, u 7 noyabr kuni mast holda Termiz shahar “Nurli kelajak” mahallasi hududida ko‘chada ketayotgan o‘ziga notanish bo‘lgan voyaga yetmagan M.M.ga nisbatan uni turli joylaridan ushlab, yuzlaridan o‘pib unga shahvoniy shilqimlik qilgan.

Shundan so‘ng IIB xodimlari uni mastlik holatini aniqlash maqsadida narkologiya tekshiruvidan o‘tkazmoqchi bo‘lganida borishdan bosh tortib baqir-chaqir qilib, jamoat joyida fuqarolarning eʼtiborini o‘ziga jalb qilib, ularning osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik qilgan.

Sud hukmi bilan erkak MJtKning 183-moddasi, 411-moddasi 1-qismi nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты