Huawei 1
Surxondaryodagi «Toza hudud» korxonasi iste’molchilariga 3,2 mlrd so‘m pullarini qaytarib beradi

Surxondaryo viloyati «Toza hudud» DUKda 2024-yil 2-yarim yillik ish rejasiga muvofiq mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan holda, ya’ni tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan qo‘llanilishi natijasida 522,6 mln so‘m hamda ko‘rsatilmagan xizmat uchun 2,7 mlrd so‘m, jami 3,2 mlrd so‘m miqdorida ortiqcha daromad olinganligi holati aniqlandi.

Ushbu holatda Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasi, «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 21-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 722-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomi talablari buzilganligi alomatlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot («Toza hudud» DUK)ga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, 3,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92015 | Инструменты