Tadbirkorlarga ko‘z olaytirgan amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining ikki nafar bosh inspektori eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazib, go‘yoki korxona har oyda kam miqdorda soliq to‘lab kelayotganligini vaj qilib, to‘lanmagan soliqlar uchun jarima qo‘llamaslik evaziga 10 mln so‘m talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliqchilar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121115 | Инструменты