Huawei 1
Tadqiqot: Olimlar mikroplastikning nafas yo‘li orqali inson miyasigacha yetib borishini aniqladi

Germaniya va Braziliya olimlari ilk bor inson miyasida mikroskopik mikroplastiklarni topdi.

Mikroplastiklar avvallari odam o‘pkasi, ichaklari, jigari, qoni va tuxumdonlarida aniqlangan bo‘lsa-da, uzoq vaqtdan beri tanadagi gematoensefalit himoya to‘sig‘i zarrachalarning miyaga yetib borishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligiga ishonilgan.

Yangi tadqiqotda esa hid bilish piyozchasi orqali “mikroplastiklarning miyagacha yetib borishi uchun yo‘l” borligi taxmin qilinmoqda.

Olimlar Braziliyaning San-Paulu shahrida vafot etganlarning miya to‘qimalarini o‘rganishgan. Marhumlarning yoshi 33 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan.

15 nafar marhumdan 8 nafarining miya hid bilish piyozchasida jami 16 ta sintetik polimer (plastik) zarralari va tolalari topilgan.

Ehtimol, bu zarralar inson tanasiga hayoti davomida kirgan, chunki kichik suzib yuruvchi mikroplastiklar havoda hamma joyda mavjud.

Deyarli 44 foiz hollarda plastik polipropilen bo‘lib, u qadoqlashdan tortib kiyim va uy jihozlarigacha ishlatiladigan eng keng tarqalgan plastmassa turlaridan biri hisoblanadi. 

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bu “ichki muhit nafas yo‘li bilan organizmga kiruvchi mikroplastiklarning asosiy manbai” ekanligini ko‘rsatadi.

Ushbu mikroplastiklar miya holatiga taʼsir qilishi mumkinmi? Olimlarning fikricha, bu hali aniq emas, lekin bu alohida tadqiqot mavzusi bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты