Talabalar o'rtasida “Ilhom” mukofoti tanlovi e'lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalar uchun “Ilhom” mukofoti tanlovi e'lon qildi.

Qayd etilishicha, “Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Ta'kidlanishicha, konferensiyada quyidagi fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy maqola va tezislar qabul qilinadi:

1. Matematika fanlari
2. Kimyo fanlari
3. Fizika fanlari
4. Biologiya fanlari
5. Geografiya fanlari
6. Qishloq xo‘jaligi fanlari
7. Filologiya fanlari
8. Tarix fanlari
9. Falsafa fanlari
10. Pedagogika fanlari
11. Psixologiya fanlari
12. Sosiologiya fanlari
13. Tibbiyot fanlari
14. Iqtisodiyot fanlari
15. Yuridik fanlar
16. Geologiya-mineralogiya fanlari

Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich – oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;

2-bosqich – asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

Shuningdek, tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin – “Spark” avtomobili;

2-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;

3-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.

“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lganlar 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10621 | Инструменты