Talabalar uchun poyezd chiptalariga ham 50 % chegirma eʼlon qilindi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qildi.

Barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarining temir yo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvarga qadar amal qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121113 | Инструменты