Tegishli OTMlarda turizm sohasida yangi yo'nalishlar ochiladi
2021-yil 1-martdan O'zbekiston hududiga kirgan kundan e'tiboran 10 kunlik muddatga o'z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma'muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi.
Farmon bilan Transport-logistika masalalarini tezkor ko'rib chiqish bo'yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
2021-yil 31-dekabrgacha turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga nisbatan tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha muddati o'tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo'llash to'xtatiladi.
Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining amaldagi o'rinbosarlari soni doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha rais o'rinbosari lavozimi joriy etildi.
2021/2022 o'quv yilidan “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo'lga qo'yiladi.
2021 yil 1-avgustgacha qadimiy ipak qog'ozi xomashyo zaxirasini shakllantirish manbai sifatida Imom Buxoriy majmuasi atrofidagi 64 gektar yer maydonida tut plantatsiyasi va Samarqand ipak qog'ozini ishlab chiqarish bo'yicha “Ipakchilik shaharchasi” turistik majmuasi tashkil etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40416 | Инструменты