Huawei 1
Tergov sudyasiga sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi

“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-89-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi:

quyidagilar bo'yicha sanksiyalar:

— qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash bilan bog'liq iltimosnoma;
— qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog'liq iltimosnoma;
— pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnoma;
— murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
— pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;
— tintuv o'tkazish haqidagi iltimosnoma;
— telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;
— mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;

quyidagilar bo'yicha majburlov choralari:

— ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnoma;
— shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
— ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomasi;
— ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma;

— Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to'g'risidagi iltimosnomasi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты