Termiz shahri va Termiz tumanidagi AGTKSHlarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi “Termiz sanoat tarmog‘i”ga GRSdan chiqish qismida kollektorga keluvchi gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.
Shu sababli Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish yuzasidan barcha choralar ko‘rilayotgan bo‘lib, nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31414 | Инструменты