Termiz shahrida 3 kun ichimlik suvi bo‘lmaydi

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Termiz shahridagi oqova suv tarmog‘ida yuzaga kelgan yirik avariyani bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023-yilning 5, 6 va 7-sentyabr kunlari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar Termiz shahridagi barcha mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Termiz shahrida yashovchi aholidan ichimlik suvini imkon qadar zaxira qilib qo‘yishlari so‘raldi.

Ta’mirlash davrida aholiga maxsus suv tashuvchi texnikalar yordamida suv yetkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40507 | Инструменты