Huawei 1
Toʻrtkoʻl tumanida 1 mlrd 523 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan korxona aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika hamda hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarining talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanidagi “Ch.Z.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi oshxonani elektr tarmogʻiga noqonuniy ravishda ulab, jami 1 mlrd 523 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarardan 550 mln soʻmining qoplanishi taʼminlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111718 | Инструменты