Toshkent-Bekobod-Toshkent elektropoyezdi ilk qatnovni amalga oshirdi

3 oktyabr kuni Toshkent-Bekobod-Toshkent tezyurar elektropoyezdi katnovi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Bekobod shaxrida zamon talablariga mos ravishda rekonstruksiya qilingan vokzal xam foydalanishga topshirildi. Tadbirda Andijon va boshqa viloyatlarda ham shunday elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Shu yilning 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shaxriga tashrif buyurib, shaxarda amalga oshirilayotgan loyixalar, bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishib, tegishli topshiriqlarni  bergan edi. Shu katorda Bekobodga elektropoyezd katnovini yo‘lga qo‘yish xam maqsad qilingan edi. Bugun Bekobod vokzalini rekonstruksiya kilish ishlari yakuniga yetib, Toshkent-Bekobod-Toshkent tezyurar elektropoyezdining birinchi katnovi amalga oshirildi. Ta’kidlash joizki, zamonaviy elektropoyezdlar “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”da qayta ta’mirdan chiqarildi.

Ushbu tarixiy voqeaga guvoh bo‘layotgan Bekobod aholisining ko‘zida quvonch va minnatdorlikni ko‘rish mumkin. Endi ularning olis manzillari yaqin bo‘lib, vaqt va harajatlari birmuncha qisqaradi.

Zamonaviy tezyurar elektropoyezd shinam va kulay tarzda jihozlangan bo‘lib, yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, katnov dastlab kuniga bir marotaba, keyinchalik yulovchilarning soni ortishiga qarab 2-3 marotabagacha ko‘paytirilishi ham mumkin.

Bekobod Toshkent viloyatining poytaxtdan eng uzoq shaharlaridan biri sanaladi. Shunga qaramasdan mazkur katnov liniyasi nafakat Bekobod ahli uchun, balki Toshkentdan Bekobodgacha bo‘lgan masofada yashovchi xudud axolisi uchun eng qulay transport vositasi bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40507 | Инструменты