Toshkent-Buxoro yo‘nalishi uchun yangi 10 ta YUTONG avtobuslari olib kelindi

Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida "All Comfort" MChJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan YUTONG rusumli 10 ta yangi avtobuslar olib kelindi.

Mazkur avtobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida 701-sonli "Buxoro-Toshkent-Buxoro" yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilishi rejalashtirilgan.

Natijada ushbu yo‘nalishda kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.

Kelgusida korxona faoliyati yanada kengaytirilib, davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, yangi turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40709 | Инструменты