Huawei 1
Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan Toshqulov Akbar Djurabayevich Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bunga qadar u adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Toshqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» faxriy unvoni sohibi. U mehnat faoliyatini 1994–1995 yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

Yangi rektor adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2017 yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov 2021 yil iyunida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. Shundan beri universitetda rektorlik lavozimi vakant bo‘lib qolgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71911 | Инструменты